Yangiliklar
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 25 avgustdagi 252 – um-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat tarkibdagi ishchi guruhi joriy yilning 9 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolar va ularning takliflari bilan bevosita joyiga chiqqan tanishib chiqmoqda.
Joriy yil 9 sentyabrda Chirokchi tuman adliya bo‘limi tuman prokuraturasi, Halq qabulxonasi va Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash Chiroqchi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi "Ayollar daftariga” kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj ayollar bilan sayyor tartibda uchrashuv tashkil etildi.
Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.
“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi
Hokimlarning barcha qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” elektron tizimida (e-qaror.gov.uz) doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi va ularni har bir fuqaro kuzatib borish imkoniga ega.
Prezidentlikka nomzod 15 nafargacha, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafargacha, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod 5 nafargacha, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod 3 nafargacha ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqli
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi viloyat hokimliklari tomonidan 1 kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.
Saylovl jarayonida karantin qoidalariga rioya qilish shartlari belgilangan
Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.