Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlarning muammolari va ularning takliflarini o‘rganmoqda


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 25 avgustdagi 252 – um-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat tarkibdagi ishchi guruh joriy yilning 9 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning takliflari bilan bevosita joyiga chiqqan holda tanishib chiqmoqda.

Jumladan, ishchi guruh tashrif davomida viloyatda ilk bor tashkil etilgan Qarshi tumanidagi “TRAST MED-FARM” farmatsevtik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida tadbirkor faoliyatida yuzaga kelayotgan muammmolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda tadbirkor tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ishchi guruh Qarshi shahrida joylashgan “SULTAN TEX” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona faoliyatidagi mavjud muammolar, davlat organlari va tashkilotlari bilan tadbirkor o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizoli masalalar ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi.

Shu bilan birga, ishchi guruh tomonidan viloyatning turli hududlariga bevosita tashrif buyurish hamda tadbirkorlarning muammolarini o‘rgangan holda ularni hal etish choralari ko'rilmoqda.