Янгиликлар
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.
Joriy yil 9 sentyabrda Dehqonobod tuman adliya bo‘limi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi bilan hamokrlikda tumanda Ayollar daftariga kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj ayollar bilan sayyor tartibda uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda 50 nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari tinglanib, ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.