Янгиликлар
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qancha?
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi viloyat hokimliklari tomonidan 1 kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki 18 kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi.
Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.