Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi


“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

 Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan:

➖ kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
➖ tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

 2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.

 Shuningdek, 2022 yil 1 yanvargacha soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.