Yangiliklar
Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksilar mustasno) ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar bepul foydalanish huquqiga ega https://lex.uz/docs/-39646
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Kushkapa” MFYda xotin-qizlar o‘rtasida sayyor qabul tashkil etilib, xotin-qizlarga taa’’luqli bo‘lgan qonun hujjatlari tushuntirildi hamda 50 dan ortiq targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sayyor qabulda 10 dan ortiq xotin-qizlarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda 5 nafar xoti-qizlarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.
12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi (https://lex.uz/docs/-142859).
Shuningdek, ularning xohishiga ko‘ra har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan ish haqi saqlanmagan ta’til beriladi.
Bunday ta’til yillik ta’tilga qo‘shib berilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin.
So‘z mulkining sultoni, o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning hamda olim, shoh, sarkarda va buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari munosabati bilan adliya bo‘limlari tomonidan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi, hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan «Kontrafaktsiz oy» oyligi doirasida brifing tadbiri tashkil etildi.
Brifingda viloyat Bojxona, Soliq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Viloyatning barcha tuman (shahar)larda viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari va hokim yordamchilari bilan birgalikda sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.
Joriy yilning 14 fevral kuni G’uzor tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sh.Bozorov, tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Avazov, bosh yuristkonsultlari N.Joniyev, G’.Mirzayevlar tomonidan "Oltin Voha" radiosining “Qonun va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Joriy yilning 12-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ul vakillari, viloyat Davlat xizmatlari markazlari, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirokida barcha tumanlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida qabul qilingan qonun hujjatlarini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Bu yil Mustaqil O‘zbekiston Adliyasi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘rol Ostanov bilan suhbatimiz ham tizimning mamlakatimiz rivojida tutgan o‘rni, bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qolaversa, viloyat adliya boshqarmasi faoliyati xususida kechdi.