Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Har bir murojaat e’tiborda


Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Xudoyberdiyev, G’uzor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Salimovlar tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda G’uzor tumani “Mustaqillik” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarori mazmun-mohiyati hamda nafaqa tayinlash tartiblari, xotin-qizlar huquqlariga oid imtiyozlar, mehnat qonunchiligi va boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 4 nafar fuqaroning murojaatlari tuman adliya bo‘limiga ish yurituviga olindi.