Янгиликлар
Bugun radio efirida
Joriy yilning 9-mart kuni Qamashi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi K.Arolov hamda bo'lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining to'g'ridan-to'g'ri eshittirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, eshittirishda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli bo‘lgan organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-sonli qarori hamda O'zbyekiston Respublikasi Prezidyentining 2022-yil 12-yanvardagi " Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini ryeyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-81-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

