Янгиликлар
Adliyada zavokat – 2022 intellektual o’yini
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual uyini tashkil etildi.
Intellektual uyinda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining “Erudit”, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining “Intellekt”, Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining “Tafakkur” va Qashqadaryo viloyatida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning “Kreativ notariuslar” nomli jamoalari o‘zaro 3 bosqichda bellashdilar.


Qizg‘in bellashuv davomida jamoalarning bilim salohiyati "Zakovat intelektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti Qashqadaryo viloyati bosh koordinatori – F.Eshmanov hamda Qashqadaryo viloyat Yetakchi koordinatori – A.Rahimovlar tomonidan baholab borildi.



Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining “Erudit” jamoasi, 2-o‘rinni Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining “Tafakkur” jamoasi hamda 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning “Kreativ notariuslar” jamoasi qo‘lga kiritdi.


Ishtirokchilarga “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtirok etganligi uchun diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi, bundan tashqari, faol qatnashgan jamoa a’zolariga hamda tomoshabinlarga “Eng zukko ishtirokchi”, “Eng bilimdon ishtirokchi”, “Eng qat’iyatli ishtirokchi” va “Eng bilimdon tomoshabin” nominatsiyalari topshirildi.

