Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya organlari хalq xizmatida


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va qonuniy tartibda yordam berish maqsadida joylarda aholi o‘rtasida sayyor qabullar tashkil etildi.

Xususan, boshqarmaning mas’ul xodimi Sh.Baxronov, Qamashi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi K.Aralov hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda "Navoiy" va "O’zbekiston" MFYlarda, boshqarmaning mas’ul xodimi T.Imomberdiyev, Mirishkor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi M.Suyunov, hokim yordamchisi hamda mahalla raisi bilan hamkorlikda “Oqmachit” MFYda, boshqarmaning mas’ul xodimi A.Rajabov, Kasbi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Zoirov hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda "Qoratepa" MFYda, boshqarmaning mas’ul xodimi F.Kurbanov, Qarshi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Jurayev va R.Bozorovlar bilan birgalikda "A.Navoiy", “Bodomzor” MFYlarda aholi o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarori, xotin qizlar huquqlari hamda yer olish tartiblari, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftari”ga kiritish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.