Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
2022-yilda 143 ta bog'cha, 265 ta maktab, 137 ta sog'liqni saqlash muassasasi quriladi

2022-yilda 143 ta bog'cha, 265 ta maktab, 137 ta sog'liqni saqlash muassasasi quriladi

25
Samosud uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjud

O'zboshimchalik – “o'zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming so'mgacha) miqdorda jarima (https://lex.uz/docs/-97664) solishga sabab bo'ladi.

24
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlari rekonstruksiya qilinadi.

Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish» hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (https://lex.uz/docs/5914826) qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish belgilangan.

Shuningdek, Shahrisabz va Kitob loyihasining umumiy qiymati 91,0 million yevroni tashkil etishi belgilangan.

24
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Kitob tuman Zarafshon mahallasida viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi  S.Turapov, tuman Adliya boʻlim bosh maslahatchisi A.Xoliyarov hamda tuman Davlat xizmatlari markazi bo'lim boshlig'i B.Qurbonovlar tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

24
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlari rekonstruksiya qilinadi

 Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish» hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

24
Radio efiri orqali qonun hujjatlari tushuntirildi

Bugun Muborak tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i X.Xayitov, bosh yuriskonsultlari E.Abdiraxmonov, A.Djo‘rayev, X.Boyirqulovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

24
“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi bo'yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi o'tkazilishi e'lon qilingan.

24
Keksalar bepul dori bilan ta'minlanadi

Qonunchilikka ko‘ra (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3491):
➖o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
➖sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

24
Tibbiyot xodimlari malaka oshirishga yuborilganda oyligi saqlab qolinadi

Ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o'qish davrida asosiy ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi.

(https://lex.uz/docs/-3152875)➡️ Malaka oshirish kursiga boshqa shaharga yuborilgan tinglovchilarga o'qish joyiga bir marta kelish va ketish, shuningdek, yashash xarajatlari qoplab beriladi.

18
Olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlariga ishga kirgan shifokorlarga pul mablag'lari beriladi

Boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida har oylik ijara to‘lovlari kompensatsiya (https://lex.uz/docs/-5100677) qilinadi.