Янгиликлар
25
Samosud uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjud
O'zboshimchalik – “o'zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming so'mgacha) miqdorda jarima (https://lex.uz/docs/-97664) solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shu harakatlar ko'p miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (13 mln 500 ming so'mgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. (https://lex.uz/docs/-111453)
Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, o'zini o'ldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam o'ldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi.