Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
TADBIRKORLIK KODEKSI LOYIHASI

Bugun Qashqadaryo  viloyat adliya boshqarmasida O'bekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati hamda   O'zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun -mohiyati va ahamiyatini tushintirish,muhokama qilish  va takliflarni to'plash maqsadida davra suhbati bolib otdi.

Tadbirda Аdliya vazirligining mas’ul  xodimlaridan iborat  ishchi guruh a’zolari, Savdo sanoat palatasi, OАV vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi  va jamoatchilik muhokamasiga  qo‘yildi. Kodeks loyihasining muhokamasiga befarq bo‘lmang,

Loyiha Sizning takliflaringiz asosida takomillashtiriladi.

04
Chandirda 5 nafar fuqaroning ish haqqi to'lab berildi

  Mirishkor tuman adliya bo’limiga tumandagi Chandir MFY da yashovchi fuqaro N.Umarov ariza bilan bilan murojaat qilib, murojaatida Mirishkor tumani Suv isteʼmolchilari uyushmasida ishlab kelayotganligini, lekin unga ish haqlari o’z vaqtida to’lab berilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Aniqlanishicha, Mirishkor tumani Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan fuqaroga 01.04.2022-yil holatiga 14 037 782 (oʻn toʻrt million oʻttiz yetti ming yetti yuz sakson ikki) soʻm miqdorida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik toʻlanmagan.

04
CHANDIRDA 28 KISHIGA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI

Mirishkor tumanning olis hududlaridan biri “Chandir” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.Uchrashuvda  tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY  bo‘lmilaridan vakillar ishtirok etishdi.

04
Konstitutsiyaning 25-moddasiga jinoyat qonunchiligiga oid quyidagi normalar qoʻshilyapti:

Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sud qaror qabul qilmagunicha 48 soatdan koʻp muddat ushlab turilishi mumkin emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod qilinishi kerak.

Shaxsni ushlab turish chogʻida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerak.

Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.

Har bir inson oʻz shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas.

02
Sayyor qabul tashkil etildi

Бугун Китоб туманидаги Катлос ва Обиканда маҳаллаларининг фуқароларига туман Адлия бўлим ходимлари ҳамда туман Давлат хизматлари маркази ходимлари томонидан сайёр қабул ўтқазилди.

02
Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

02
Mening Konstitutsiyam

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi  tomonidan Qarshi shahrida joylashgan 7256-son harbiy qismda Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.  

02
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z vaqtida olinmagan hollarda nima qilish kerak?

Ba'zi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, e'tiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bog‘chaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab bo‘ladi.

02
Gerbim fahrim

Qarshi shahri Shayxali qo‘rg‘onchasida joylashgan 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 3-son JIE koloniyasida 500 dan ortiq mahkumlar ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi

30
Olamni mahliyo aylagan diyor

Yakkabog' tuman Davlat xizmatlari markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi  deputati Sh.Xolmaxmatovalar tomonidan "Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni" va "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir" mavzusida tumandagi tashkilot  vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi.