Yangiliklar
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Qarshi filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbiri o’tkazildi, unda Qarshi tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi A.Jurayev ishtirok etdi.
Bugun adliya boshqarmasi mas’ul xodimi hamda Yuridik texnikum volontyorlari bilan birgalikda “Hududgaz” Qashqadaryo gaz ta’minoti filialida “Zuravonlikka qarshi 16 kun” targ‘ibot tadbiri doirasida “Biz zuravonlikka qarshimiz”, “Oila muqaddas qo‘rg‘on” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ishtirokchilarga xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirildi.
Shuningdek, Yuridik texnikum talabasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish tarixi hamda uning huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va Markaziy bank Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Markaziy bank Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o'quv-semenar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi J.Norov ishtirok etib O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati haqida huquqiy tushuntirish berdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6-dekabr kuni Qarshi tuman Xonobod qishlog'ida joylashgan harbiy qismda "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" va "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolaridan iborat jami 100 nafar shaxslar ishtirok etdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat madhiyasi haqida tushuntirish berildi.
Harbiy xizmatchilarning oilalari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
8-Dekabr — "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi" munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni hamda "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tizimda faoliyat yuritib, o'z xizmat vazifalarini mas'uliyat bilan ado etib kelayotgan xodimlar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda faxriy yorliqlar tantanali tarzda topshirildi.
Qashqaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'ral Ostanov "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
Bugun viloyatimizning barcha tumanlarida Adliya bo'limlari tomonidan KONSTITUTSIYA - G'URURIM MENING! shiori ostida davlat organlari va tashkilotlarida hamda ta'lim muassasalarida targ'ibot tadbirlari va musoboqalar tashkil etildi.
Xususan, Yakkabog', Kitob, G'uzor, Chiroqchi, Nishon, Qamashi, Shahrisabz va Qarshi tumanlari shular jumlasidandir.
“8 dekabr – Konstitusiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2022” musobaqasiga start berildi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Qarshi shahar madaniyat markazida Qarshi shahar adliya bo'limi, Prokuratura va Ichki ishlar organlari ma'sul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyat mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida semenar bo'lib o'tdi.
Bugun Qarshi tuman adliya bo'limi mas'ul xodimi tomonidan viloyat Arxiv ishi boshqarmasida “Zuravonlikka qarshi 16 kun” targ‘ibot tadbiri doirasida “Biz zuravonlikka qarshimiz” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.