Янгиликлар
QASHQADARYODA FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI.
⚽️“8 dekabr – Konstitusiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Adliya kubogi – 2022” musobaqasiga start berildi.

❗️Musobaqada barcha tuman (shahar) adliya bo’limlarining (16 ta),boshqarmaning
(2 ta)va Yuridik texnimkumning (1 ta)jamoalari o’rtasida o’zaro baxs bo’lib o’tdi.

Musobaqaning dastlabki kuni qur’aga ko’ra jamoalar 6 ta guruhlarga ajratildi hamda har bir jamoa o’z guruh a’zolari bilan bellashib, saralash o’yinlarini o’tkazishdi.



Dastlabki kun yakuni bo’yicha guruhda 1-o’rinni egallagan hamda eng yaxshi 2 ta
2-o’rinlarni olgan 8 ta jamoa musobaqaning chorak finaliga chiqishdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni chorak final, yarim final va final bosqichlari ko’taringki ruhda o’tkazildi.


Dastlab musobaqada qatnashgan yosh adliyachilarga (xodimlarning farzadlari) sovg’alar tarqatildi.



O’yinlar yakunida jamoalar orasidan munosib nomzodlar saralanib, nominasiyalar bo’yicha taqdirlandilar.
“ENG YAXSHI DARVOZABON”nominasiyasi bo’yicha G’OLIBLIK
“Kitob tumani adliya bo’limi” jamosi darvozaboni–Murodillayev Ahmad

“ENG YAXSHI TO’PURAR” nominasiyasi bo’yicha G’OLIBLIK
“Koson tumani adliya bo’limi” jamosi hujumchisi–Narzullayev Zarif

“ENG YAXShI O’YINChI” nominasiyasi bo’yicha G’OLIBLIK
“Muborak tuman adliya bo’limi” jamoasi yarim himoyachisi –Abdurahmonov Eldor

Shuningdek, munosib o’yini uchun «Adliya boshqarma» jamoasi 3-o’rinni;

“Muborak tuman adliya bo’limi” jamoasi 2-o’rinni;

“Kitob tuman adliya bo’limi” jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritib g’oliblar esdalik sovg’alari, medallar hamda ko’chma “Adliya kuboki” bilan taqdirlandilar.
