Янгиликлар
06
“Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Bugun Qarshi tuman adliya bo'limi mas'ul xodimi tomonidan viloyat Arxiv ishi boshqarmasida “Zuravonlikka qarshi 16 kun” targ‘ibot tadbiri doirasida “Biz zuravonlikka qarshimiz” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ishtirokchilarga xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish tarixi va uning huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.