Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi "Jinoyat , fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining mintaqaviy bosqichida 1-o'rinni egalladi.
Jamiyat va davlatning yashash, rivojlanish shartlaridan biri oilalarning tinchligi, sogʼlom avlodning voyaga yetishi va albatta qonun himoyasining mustahkamligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir kishi oʼz hayotinining uzoq vaqt davom etishi uchun sogʼligini qanday saqlash ustida qaygʼursa, bu ish uchun mablagʼlarini ayamasa, insonparvar, oqil, uzoqni koʼzlovchi jamiyat ham oʼzining hayotini choʼzishi, rivojlanishi uchun oilalarga xuddi shunday munosabatda boʼladi.
Ayni paytda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi binosida Fuqarolik ishlari bo'yicha namunaviy sud prosessi tanlovining mintaqaviy bosqichi boshlandi.
Muborak tuman adliya, ichki ishlar hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari bilan hamkorlikda jinoyatchilik holatiga ko‘ra “Qizil hudud”ga mansub bo‘lgan “Yoshlik” mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolarning o‘zaro oldi-berdi munosabatlari bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlarining salbiy oqibatlari hamda odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, jinoyat sodir etgan fuqarolar bilan profilaktik suxbatlar o‘tkazildi.
Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro K.Nabiyeva hamda uning hamkasblari Qarshi transport texnikumida ishlab kelgan. Texnikum faoliyati tugatilgach, ishsiz qolgan xodimlar hattoki yakuniy hisob -kitob pullarini ham olisholmadi. Fuqaro K.Nabiyeva va texnikum xodimlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi transport texnikumi tugatilganligi uchun yakuniy hisob-kitob pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qonunlarda inson sha’ni, e’tiqod erkinligi, huquq va erkinliklari eng oliy mezon sifatida qaraladi.
Jumladan, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Konstitutsiya – vijdon va e’tiqod erkinligini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta’minlovchi, mamlakat taraqqiyotini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning oru nomusi, diniy bag‘rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Chunki uning har bir moddasi, har bir bo‘limida xalqaro huquq me’yorlari ham, milliy bag‘rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi.
Jumladan, Bosh Qomusimizning 18-moddasida ham bu mustahkam asos qilib belgilab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Shuningdek, demokratik, huquqiy davlat va zamonaviy jamiyat qurishning hamda ular rivojanishining zaruriy shartlaridan biri bu Konstitutsion burchdir. Barcha ilg‘or davlatlar konstitutsiyalarida fuqarolarning burchlariga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasida fuqarolar burchlarini belgilashda o‘z tarixiy xususiyatlariga va ilhor mamlakatlar tajribasiga suyanadi.
Konstitutsion burch-O‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolarning bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlaridir.
Fuqarlarning konstitutsion burchlari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;
- Barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar;
- Fuqarolar O‘zbekiston halqining tarixiy, ma’naviy vamadaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;
- Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir;
- Fuqarlar atrof – tabiiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar;
- Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar;
- O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish mamlakatning har bir fuqarosining muqaddas burchidir;
- Fuqarolar, qonunda belgilangan tartibda, harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Ma’lumot o‘rnida shuni ham ta’kidlash lozimki, 1992 yildagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1978 yildagi va boshqa konstitutsiyalardan burchlar masalasida birmuncha farqi bor. Masalan, 1978 yildagi Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bitta boboda berilgan.Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlari alohida bobda ko‘rsatilgan.
Konstitutsion burchlardan tashqari, nokonstitutsion burchlar ham bor (ota-ona va yoshi katta keksalarga nisbatan hurmat, farzandlarga g‘amho‘rlik, mmehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etish va hokazolar).
Konstitutsiya mustaqillik, tenglik, demokratiya va insonparvarlik uchun kurashning mevasidir.
Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish
bosh maslahatchisi Ruslan Rustamov
Joriy yilning 16 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda ҳuquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarori tasdiqlandi. Avvalo mazkur qaror ijrosini ta’minlashda ҳuquqiy madaniyat tushunchasi moҳiyatini chuqur bilib olish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.
Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.
Qarshi tumani DXM xodimlari korxona va tashkilot xodimlarini mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinyapdi. Eslatib o‘tamiz, Mobil-ID tizimini ommalashtirish maqsadida fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan amalga oshirilmoqda.
2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?
Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?