Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Endi Davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini amalga oshirishingiz mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 15-oktabrdagi “Davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlash haqida”gi 247-um son buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida 

Quyidagi tartibda:

ichki reklama – Davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari ichida o‘rnatilgan monitor va televizorlarda videoroliklarni namoyish etish, stend va bannerlar joylashtirish, bosma ommaviy axborot vositalarini, shuningdek flayerlar va tashrif qog‘ozlarini tarqatish, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etish, elektron navbat tizimining qog‘ozlariga maxsus reklama materiallarini chop etish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi reklama; 

tashqi reklama – Davlat xizmatlari markazlari binolarining tashqi qismida yoki tutash hududlarida alohida maxsus konstruksiyalarda, peshlavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda va hokazolarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tartibni inobatga olgan holda joylashtiriladigan reklama. 

innovatsion reklama – axborot tizimlarida reklama materiallarini joylashtirish, fuqarolarga chop etib beriladigan ariza blankalarining orqa qismiga reklama materiallarini chop etish, fuqarolarga gibrid pochta orqali yetkazib beriladigan konvertlarda flaerlar va tashrif qog‘ozlarini joylashtirib yuborish, binolarda tashkil etilgan “Wi-Fi” hududlarida tarmoq foydalanuvchilari uchun reklama namoyish etish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi reklamalarni berib borish uchun tadbirkorlarni belgilangan tardibda shartnoma tuzish orqali xamkorlikka taklif qiladi.

Murojaat uchun - manzil: Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasi 55 uy, tel: +99 875 221-26-64; +99 890 609-07-08

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi