Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

2023- YILDA FUQAROLARGA 1 MILLIONDAN ORTIQ DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limlari tomonidan 2023-yil 12-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Zohidov hamda OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Ta'kidlandiki, 2023-yil davomida Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 1.057.412 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shundan, 819.496 ta toʻgʻridan toʻgʻri DXM orqali, 237.916 ta onlayn tarzda foydalanilgan.

Viloyat miqyosida jami 36.991 ta tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazilib, shundan 17.946 tasi yuridik shaxs sifatida,

19.045 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 879 marotaba sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, qabullar jarayonida 85.938 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ko‘kdala tumanidagi “Qanotli”, “Chorvador” va “Toshli” MFYlarda qayd etilmagan tug‘ulganlik, nikoh va o‘lim holatlarini aniqlash hamda kelgusida ularni qayd etilishi ta’minlash yuzasidjan Aksiya o‘tkazilib, Aksiya doirasida 1.205 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilib, shundan 110 ta tug‘ilganlik haqida guvohnoma, 109 ta nikohlar qayd etildi, bundan tashqari 665 ta davlat xizmatlari hamda 60 ta

ID kartalar rasmiylashtirib berildi.

“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostidagi huquqiy aksiya doirasida fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni “my.gov.uz” tizimidan foylanishni bepul tarzda oʻrgatish yuzasidan viloyatning olis va chekka hududlarida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2023-yi 12-oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 102 345 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 53 150 tasi o‘g‘il bolalar,

49 195 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 554 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish 27 ta, o‘lik tug‘ilgan 836 ta, perinatal o‘lim holatlari 377 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 1 787 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 4 866 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 13 ta, farzandlikka olish 392 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 30 908 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 14 tasi chet elliklar bilan, 32 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 63 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etildi.