Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya hudud


Qarshi tuman Davlat xizmatlari markazining majlislar zalida  viloyat adliya hamda Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlar, jumladan xorijiy investorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda, adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi-bosh maslahatchsi I.Sharapov tomonidan intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida aholi va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish  hamda intellektual mulk ob’ektlariga hurmat hissini shakllantirish maqsadida intellektual mulk ob’ektlari (jumladan, tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari), ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, mazkur sohada tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlar, intellektual mulk ob’ektlari muhofazasi, intellektual mulk ob’ektlaridan qonuniy foydalanish, kontrafakt mahsulotlarning respublikamizning investitsion salohiyati va jozibakorligiga salbiy ta’siri, tadbirkorlar tomonidan o‘z brendlariga ega bo‘lish va undan foydalanishning afzalliklari xususida va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan so‘zlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javoblar olishdi.