Yangiliklar
Joriy yilning 18-fevral kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi yuridik bo‘limining mas’ul xodimlari bilan birgalikda tuman (shahar) hokimliklarining yuridik xizmat xodimlari, tashkiliy nazorat guruhi rahbarlari va umumiy bo‘lim xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 18 fevral kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman reabilitatsiya markazida xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mirishkor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 18 fevral kuni tumandagi 5 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda chin yetim bolalarning holidan habar olindi.
Joriy yilning 18 fevral kuni Dehqonobod tumani adliya bo‘limi tomonidan “Bo‘ston” va “Nodira” MFYlarda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etilib, unda tuman hokim yordamchilari, MFY raislar, xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda joriy yilning 16 fevral kuni boshqarma va Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan lavhalar tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan domiy ravishda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.
Jumladan, “Qarshi transport ekspeditorlik korxonasi” MChJ rahbarining jamiyatga tegishli bo‘lgan bino va inoshotalari
Qarshi shahar hokimligining 2015 yil 19 iyuldagi X-444/06-son qaroriga asosan buzilgan bo‘lsada, kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqildi.
Qonunchilikka ko‘ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (90 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Shahrisabz tuman adliya bo‘limiga “Dilshoda” MChJ korxonasi rahbari N.M ariza bilan murojaat qilib, “QASHQADARYO YO’L QURILISH–TA’MIRLASH” unitar korxonasi tomonidan ularga shartnoma asosida bajarilgan xizmatlari uchun to‘lovlar ikki yildan bo‘yon to‘lab berilmayotganligini bildirib, ushbu to‘lovlarni undirib berishda amaliy yordam so‘radi.
Qarshi tuman adliya bo‘limiga “Bodomzor” MFY Mustaqillik qishlog‘ida yashovchi M.X, “Rovot” MFY Ziyokor ko‘chasida yashovchi N.F, “Quyi Beshkent” MFY Quyi Beshkent qishlog‘ida yashovchi Sh.Shlar “Beshkent paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan 2010-2020 yil yakunlari bo‘yicha aksiyalari hisoblanmay qolganligi hamda divident pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘ragan.