Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Advokatura sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda


Bizga ma’lumki, 2022-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-263-son Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va rasmiylashtirib boriladi. Bunda talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi qaror va tegishli hujjatlar «Litsenziya» axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va advokatlarning elektron reyestriga kiritiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga advokatlik litsenziyasini olish uchun tegishli adliya organiga murojaat qilmasdan istalgan vaqtda «Litsenziya» axborot tizimi orqali olish imkoniyati yaratiladi. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan holatlar «Litsenziya» axborot tizimida avtomatik ravishda qayd etib boriladi. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali «yagona darcha» tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish), qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish (hisobdan chiqarish) uchun zarur hujjatlar elektron tarzda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritiladi. Advokatlik tuzilmalarining ta’sis hujjatlarini adliya organining muhri bilan tasdiqlash, «ro‘yxatdan o‘tkazilgan» belgisini qo‘yish amaliyoti bekor qilinib, ularga elektron QR-kod va identifikatsiya raqamlarini berish tartibi joriy etiladi. Advokatlik tuzilmasi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda bir xil yoki o‘xshash nomlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumot onlayn tarzda olinadi. Advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kompozit xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun tegishli hujjatlarning qog‘oz shaklini talabgordan olish tartibi bekor qilinadi va ularni elektron tarzda yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgorning belgilangan talablarga mosligini tekshirgan holda imtihon vaqti va joyi haqida elektron xabar berish tartibi joriy etiladi. Advokatlik guvohnomasini maxsus QR-kod qo‘yilgan holda berish tartibi joriy etilib, bu orqali advokatning maqomi haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 fevraldan boshlab advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order (keyingi o‘rinlarda — order) maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi»ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.