Yangiliklar
“O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida Muborak tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
2022-yilning 13-iyunidan 18-iyuniga qadar Qashqadaryo viloyatida jami 451 ta nikoh qayd etildi.
“Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati koʼrsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–282-son, 16.06.2022 y.) qabul qilindi
Bizga ma’lumki, 2022-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-263-son Qarori qabul qilindi.
Shahrisabz shahrining "Bo'ston" MFY da joylashgan "Beruniy" oromgohida viloyat hokimi boshchiligida barcha viloyat sektor rahbarlari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i va Shahrisabz shahar adliya bo'limi xodimlari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Qabulda ishtirok etgan fuqarolarning murojaatlari va ularni qiziqtirgan savollari tinglanib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Бу – энг улуғ ва муқаддас қадриятларимиздан биридир.
"Yurt tarovati" gazetasi tahririyatining masul xodimlari Qamashi, Chiroqchi va Kitob tumanlaridagi adliya boʻlimining Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida grant loyihasi ijrosini taminlash maqsadida xizmat safarida boʻlishdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi,Nishon tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Navbatdagi manzil tuman markazidan ancha olisda joylashgan “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi.
Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi, 4 ta murojaat tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi, 10 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushintirishlar berildi.
Shuningdek ishchi guruh tomonidan “Orzi bo'stoni” MFYda yashovchi 74 yoshli Nurbaev Salim boboning og'ir betobligi sababli yashash xonadoniga borib sayyor tartibda nikoh guvohnomasi topshirildi.
Qarshi tuman adliya bo'limi,tuman FHDY bo'limi,tuman Davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat markazi xodimlari ishtirokida tumanning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil qilindi.
Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ishtirok etgan sayyor qabulda asosan mahalla aholisining murojaatlari o'rganildi.
Fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamiga xizmat ko'rsatish turlari va tartibi, mazkur sohada berilayotgan imtiyozlar mavzusida targ'ibot tadbirlari o'tkazilib, 25 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib, 6 ta murojaatlar bo'lim ish yurituviga olindi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Qamashi tumani adliya bo'limi,tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi, va Qamashi tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamkorligida tuman markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan "Oynako'l" MFY da sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabulda "OYQIZ ESHMANOVA" oilaviy korxonasi ro'yxatdan o'tkazilib, guvohnomasi shu yerning o'zida topshirildi.
Tadbir davomida fuqarolarning mavjud muammolari yuzasidan tegishli huquqiy ko'rsatmalar berildi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan huquqiy sohaga oid ko'plab savollar berilib, ularga bo'lim xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Xususan tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan 11 nafar fuqarolarning og'zaki murojaatlari eshitilib, batafsil ko'rib chiqish maqsadida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek 12 ta Elektron imzo kalitlari va hamda 40 dan ortiq bukletlar tarqatildi.