Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

02
adliya xabari

#Pedagoglar_huquqi

“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi

Ijtimoiy va oilaviy imtiyozlar

Farzandlar uchun imtiyoz: Pedagoglarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bog‘chalarga) imtiyozli tarzda qabul qilinadi.

Bepul tibbiy ko‘rik: Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglari davlat budjeti hisobidan majburiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Olis hududlardagi qo‘shimcha imtiyozlar: Respublikaning olis va chekka hududlaridagi maktablarga borib ishlaydigan pedagoglarga maxsus ustamalar, uy-joy sharoitini yaxshilash uchun subsidiyalar yoki kompensatsiyalar beriladi.

01
adliya xabari

USTOZ — IZ QOLDIRGAN UMR, SHOGIRDLARDA DAVOM ETGAN MEROS

Maxmatqulov Baxodir Sharipovich - Adliya faxriysi, qariyb 30 yildan ortiq umrini adliya tizimidagi sharafli va mas’uliyatli xizmatga bag‘ishlagan fidoyi adliya xodimi.

Yillar o‘tadi, lavozimlar almashadi, ammo ustoz bergan saboq, ko‘rsatgan yo‘l va qoldirgan ibrat shogirdlar qalbida yashashda davom etadi.

Baxodir Sharipovichning ko‘p yillik mehnat faoliyati — huquq va adolat tamoyillariga sadoqat, kasbga fidoyilik va insonlar manfaatiga xizmat qilishning yorqin namunasidir.

U kishi nafaqat o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, balki o‘zidan keyingi avlodga tajribasi, bilim va hayotiy saboqlarini meros qoldirgan ustoz sifatida ham qadrlidir.

Zero, haqiqiy ustozning eng katta mukofoti — uning izidan borayotgan shogirdlari, davom etayotgan ezgu ishlari va qalblarda qolgan yaxshi nomidir.

Bugun shogirdlari nigohida — ustozga hurmat.
Bugun ustoz nigohida — shogirdlarining yutuqlaridan faxr.

30
adliya xabari

HUQUQ SOHASIGA QIZIQASIZMI?

???? Unda «Adolat debat» aynan siz uchun!

????Debatga ro’yxatdan o’tish bosqichi 1-oktyabrdan 10-oktyabrgacha davom etadi.

Debat orqali:
— ???? huquqiy bilimlaringizni oshiring;
— ????notiqlik mahoratingizni rivojlantiring;
— ????ingliz tilidagi nutq ko‘nikmalaringizni mustahkamlang;
— ???? yangi bilim va tajribalar orttiring.

???? Tuman bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

???? @AdolatDebateBot

O‘z bilimingizni sinang, fikringizni himoya qiling va debat maydonida o‘zingizni namoyon eting!

30
adliya xabari

#adliya_yoshlar

Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

????Viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida yuridik texnikumda “Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

????Tadbir davomida o‘quvchilarga diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday tahdidlarning oldini olishda hushyorlik va huquqiy bilimlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

????Shuningdek, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli zararli va buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh bo‘lish, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish hamda qonunchilik talablariga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

????Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

25
adliya xabari

⚖️ FUQARONING IMTIYOZLI PENSIYAGA CHIQISH HUQUQI TA’MINLANDI

G‘uzor tumani Mevazor qishlog‘ida yashovchi fuqaro T. Mustopoyev uzoq yillar davomida zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlagani sababli imtiyozli pensiyaga chiqishda amaliy yordam so‘rab Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

???? Murojaat Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlari sho‘basi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida uning zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritildi.

⚖️ Sud tomonidan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaroning zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlaganlik fakti belgilandi.

✅ Natijada fuqaroning imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini amalga oshirishi uchun huquqiy asos yaratildi.


25
adliya xabari

⚖️ FUQARONING MEHNAT HUQUQI TIKLANDI

Qarshi shahar “Naxshab” MFYda yashovchi fuqaro N. Bozorov ishga tiklashda amaliy yordam so‘rab Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

???? Murojaat Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlari sho‘basi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab, Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan sudga da’vo arizasi kiritildi.

⚖️ Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning ishga tiklanishi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

✅ Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi, murojaati qanoatlantirildi.

24
adliya xabari

#adliya_hudud

RAHBAR VA YOSHLAR

????Nishon tumani adliya bo‘limi, tizim rahbarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi rahbarlari hamda tuman Yoshlar agentligi xodimlari ishtirokida tasdiqlangan ish rejaga muvofiq yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va turli ko‘rinishdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» tashkil etildi.

????Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va jinoyat turlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilganda belgilangan javobgarlik yoshi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

????Shuningdek, bugungi kunda aholi o‘rtasida keng tarqalayotgan firibgarlikning yangi ko‘rinishlaridan biri — kiberxavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlar, ulardan himoyalanish usullari hamda boshqa turdagi jinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

????Uchrashuvda mavzularni yoshlarga yanada tushunarli yetkazish maqsadida hayotiy misollar keltirilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

????Tadbir yakunida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, turli xil salbiy ta’sirlardan asrash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

23
adliya xabari

#adliya_xabari

???? KIBERFIRIBGARLIK — ZAMONAVIY TAHDID!

Viloyat yuridik texnikumida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, xususan, kiberfiribgarlik jinoyatlarining oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish hamda yoshlarni hushyorlikka chaqirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda yoshlar:
???? internetdagi firibgarlik usullari;
???? soxta havola va xabarlar;
???? bank karta ma’lumotlarini begonalarga bermaslik;
???? SMS-kod va parollarni sir saqlash;
???? ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali takliflardan himoyalanish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

18
adliya xabari

???? E’LON!

“ADLIYA KITOBXONLARI” TANLOVIGA MARHAMAT!

???? 24-oktabr kuni Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Adliya kitobxonlari” tanlovi o‘tkaziladi.

???? Maqsad: kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kasbiy bilimlarni oshirish, mustaqil va tahliliy fikrlash hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish.
???? Kimlar ishtirok etadi?
Viloyat adliya boshqarmasi hamda tizimdagi adliya organlari va muassasalari xodimlari.
???? Tanlov shakli:
Ishtirokchi o‘zi tanlagan kitob bo‘yicha taqdimot-taqriz bilan chiqish qiladi.
???? Taqdimotda:
• kitobning asosiy g‘oyasi;
• shaxsiy taassurot va xulosalar;
• kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati;
• mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlar yoritiladi.
⚠️ Eslatma: kitob mazmunini to‘liq hikoya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreativ va o‘ziga xos yondashuv rag‘batlantiriladi.
???? Baholash: 20 ballik tizimda.
???? G‘olib — diplom va bir martalik oylik ish haqqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
???????? II va III o‘rinlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.

???? TAVSIYA ETILGAN KITOBLAR:
• Xayriddin Sulton — “Yaldo kechasi”
• Abdulla Qahhor — “O‘tmishdan ertaklar”
• Javlon Jovliyev — “Qo‘rqma”
• Chingiz Aytmatov — “Asrga tatigulik kun”
• “Fuqarolik protsessual huquqi” Adolat

18
adliya xabari

#ADLIYA_MAHALLADA

SAYYOR QABUL

Shahrisabz tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida 11 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 7 nafar fuqaroning murojaati esa hal etish uchun bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, qabul davomida 5 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari yuzasidan  tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida fuqarolarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari  (O‘RQ–1170-son, 09.09.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 29.08.2026 y.) mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️