Yangiliklar
#HuquqbuzarliklarProfilaktikasi
#Rahbar va Yoshlar uchrashuvi
Kasbi tumani adliya bo‘limi tomonidan Kasbi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, soxta hujjatlardan foydalanish qonunga zid ekani hamda bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlash har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
#tabrik
OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:
Xoliqov Javohir Bohodir o‘g‘li g‘olib deb - DXM hisoblash texnikasi operatori
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.
#tabrik
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil aprel oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:
Begmatov Bunyod Sur’at o‘g‘li - Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh
maslahatchisi.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.
#adliya_xabari
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov hamda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovlar ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda notariuslarga banklar orqali oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish (“eskrou”), onlayn notarial harakatlar hamda ijro xatlarini yozish holatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Notariuslar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar eshitilib, ularning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
???? Notariuslar faoliyati o‘rganildi
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Shahrisabz shahar va tuman hamda Yakkabog‘ tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati PF–246-son Farmon talablari asosida o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi, banklar orqali hisob-kitob qilish (“eskrou” tizimi), onlayn notarial harakatlar hamda ijro xatlarini yozish amaliyoti tahlil qilindi.
Ishchi guruh M. Hatamov boshchiligida hududlardagi notarial idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif yakunida notariuslarga amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, zamonaviy xizmatlarni keng joriy etish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Turayev Akromjon Urozovich – Qarshi tuman adliya bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
A.To'rayev tayinlovga qadar boshqarmaning Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi A.To'rayevni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Azimov O‘tkir Erkinovich – boshqarmaning Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O'.Azimov tayinlovga qadar boshqarmaning Rejalashtirish va nazorat tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi O'.Azimovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
#TAYINLOV
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
- Rustamov Ruslan Rustamovich - Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
R.Rustamov tayinlovga qadar boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi R.Rustmovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Dehqonobodda mehnat qonunchiligi masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Dehqonobod tuman hokimligida tumandagi tashkilot va idora rahbarlari hamda maktab direktorlari uchun mehnat qonunchiligiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir Dehqonobod tumani hokimligi tashabbusi va hamkorligida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Sh. Shokirov, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Imomberdiyev hamda yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i S. Turapov ishtirok etdi.
Fuqaro foydasiga 37 million so‘mdan ortiq ish haqi undirildi!
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limiga “Daryo” MFY, O‘g‘in qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qosimov Abdulla Yo‘lchiyevich tomonidan murojaat kelib tushdi. U o‘z murojaatida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bajargan qo‘shimcha vazifalari uchun to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘ragan.