Yangiliklar
Bugun viloyat Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan Soliq boshqarmasida “Qashqadaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikdagi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan” Chora-tadbirlar rejasi hamda “Intellektual mulk obyektlarining muhofazasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi ko‘rashish” mavzusida seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari, tadbirkorllar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilariga yuqoridagi mavzular yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Mirishkor tumani adliya bo‘limi tomonidan qizil hududga kiritilgan “Zafar” va “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida jinoyatchilikni oldini olish va uning huquqiy oqibatlari mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan yettilik mas’ul xodimlarga jinoyat sodir etishning oldini olish buyicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda soliq va kommunal to‘lovlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobotlarni topshirish yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening hamda jamoatchilik eshituvi tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zNNTMA trenerlar shtabi a’zolari, NNT va OAV vakilari ishtirok etishdi.
Istirokchilarga Adliya vazirligiga xisobotlarni tayyorlash va topshirish bo‘yicha amaliy master-klass o'tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3666-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘balariga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qilish bo‘yicha yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib jamoatchilik eshituvi tashkil qilindi.
Joriy yilning 18 yanvar kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi YXKM tomonidan tuman adliya bo'limi DXMga tashrif buyurib, o'z navbatini kutib turgan fuqarolar o'rtasida www.advice.uz elektron huquqiy maslahat platformasi haqida targ'ibot-tashviqot o'tkazildi.
Xususan, targ'ibot ishtirokchilariga ushbu platformadan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ga asosiy o'zgarishlar va boshqa sohalarga oid hammaga tezkor bepul-huquqiy maslahat, o'zlarini qiziqtirgan savollariga yoki qiynab kelayotgan muammolariga tezkor javob olishi tog'risida hamda foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi.Bundan tashqari, DXM markazida joylashgan "MADAD" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti xodimi ham faoliyat olib borayotganligi hamda fuqarolarning murojaati bo'yicha bepul -huquqiy maslahat olishi mumkinligi haqida ma'lumotlar berildi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan faoliyatining asosiy maqsadi viloyat hududida fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohasidagi muallif, san’atkor, ijodkor va ijrochilar (huquq egalari) hamda ularning huquqiy vorislari mulkiy huquqlarini boshqarish, himoya qilish, huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishlarini ta’minlashga ko‘maklashuvchi San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shuningdek intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida adliya boshqarmasi va bo‘limning kelgusida hamkorlikdagi ishlari kelishib olindi.
Bugun tuman hokimligi ma’sullari T.Ergashova, O.Normurodov, tuman DXX xodimi S.Badalov, tuman FHDYO bo‘limi mudirasi O.Ashurova hamda tuman bosh imom xatibi X.Xonimovlar hamkorligida tumandagi “Tanga orom” jome’ masjidida masjid imomlari va uning noiblari ishtirokida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, shuningdek, sha’riy nikohlarni oldini olish, yoshlarni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida ma’sullar tomonidan tumanda diniy mutaassiblikka berilib ketishning oldini olish, mahallarda qonuniy nikohdan o‘tmagan yosh oilalarni sha’riy nikohi o‘qilayotgani oqibatida oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi va ushbu sohadagi ishlarni tartibda solish to‘g‘risidagi qonun talablari tushuntirildi.
Yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarni chiqindi to'plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi. (https://lex.uz/docs/-6154708)
(https://lex.uz/docs/6154708) Shuningdek, yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarning chiqindi to'plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to'plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.
Xujamuradov Uktam Mamatovich Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tadbir Shahrisabz shahridagi qizil toifaga kiruvchi “Sinabog‘” MFY aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman adliya bo'limi, tuman IIB xodimlari, MFY yettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab mahallada sodir etilgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, kiberxavfsizlik kabi jinoyatlar va bu jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari, korrupsiya va odam savdosi jinoyatlarining ayanchli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Er va xotinning har biri mashgʻulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir. (https://lex.uz/docs/104720#158691)
Xotiniga (eriga) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maʼmuriy (https://lex.uz/docs/97664#6437241) yoki jinoiy (https://lex.uz/docs/111453#6438712) javobgarlikka sabab boʻladi.