Янгиликлар
27
ADLIYA OLIS HUDUDLARDA
ADLIYA OLIS HUDUDLARDA
Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi Varganza, Bashir, Bog'ibaland va Anorzor MFYda yashovchi fuqarolar uchun "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻz. Res. Prezidentining PF-80-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori va boshqa ko'plab qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o'rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, erta nikoh hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish va ularni vujudga keltiruvchi sabablarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida DXM va FHDYO boʻlimi xodimlari tomonidan fuqarolarga bir qancha sayyor xizmatlar koʻrsatildi.
Bundan tashqari uyma-uy yurgan holda ushbu MFYlarda yashovchi aholining huquqiy muammolari o'rganildi.