Янгиликлар
27
KOSONDA "ADLIYA KUNI" TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
KOSONDA "ADLIYA KUNI" TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
Bugun Koson tuman “MUDIN” mahallasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan sayyor qabul hamda "adliya_kuni" targ'ibot tadbiri oʻtkazildi.
Dastlab mahallada fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Shuningdek, qabulda fuqarolardan subsidiya, kadastr, pensiya, sogʻliqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, buzilgan huquqlarni tiklash, kommunal soha va boshqa masalalarda 16 ta murojaat kelib tushdi.
14 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, 2 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. 12 ta fuqaroga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Mohigul Shodiyeva Yo'qori Mudin mahallasida istiqomat qiladi. Ayollar daftariga kiritilgan fuqaro mahalla yordami bilan tikuvchilik kursini bitirdi. Ammo ishsizlik sabab oilasini boqishga ancha qiynalib qoldi. Sayyor qabul davomida viloyat adliya boshqarma boshlig'iga ish so'rab murojaat qildi: - Murojaatimni tinglashdi ish izlab, ko'p joylarga sarson bo'lgandim, bugungi qabulda murojjatimni o'rganishib, bandlik ish bilan ta'minlashlarini aytishdi. Juda xursandman, rahmat mas'ullarga deydi; fuqaro M.Shodiyeva.
Tadbir davomida fuqarolarga uyma-uy yurgan holda qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda yetkazildi, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirilib aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar ham joyida o'rganildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati