Янгиликлар
25
MUAMMOLAR VA YECHIMLAR"
"MUAMMOLAR VA YECHIMLAR"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Yakkabog' tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida odamlarning murojaatlari o‘rganildi.
Shu bilan birga "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvda hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.