Янгиликлар
29
TOG'DAGI 20 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI
TOG'DAGI 20 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI
Dehqonobod tumani Qashqadaryo viloyatining tog'li hududi hisoblanadi. U o'zining ajoyib tabiati bilan ajralib turadi. Tuman tog'lar bilan o'ralgani bois qishloqlar va mahallalar juda tarqoq joylashgan. Masofalar olisligi esa fuqarolarning yashash tarzida bir nechta muammolarni keltirib chiqaradi.
Tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan CHashmaimiron mahallasida yashovchi Islomovlar oilasi masofa uzoqligi, texnikaning yo'qligi sabab, 12 yildan buyon nikoh hujjatisiz yashab kelmoqda edi.
Shuningdek, tuman markazidan 80 km uzoqlikdagi Boshchorbog' mahallasida yashovchi Xo'jamqulovlar oilasining ham 20 yildan buyon nikoh guvohnomasi yo'qligi aniqlandi.
Adliya xodimlarining uyma -uy yurishlari natijasida fuqarolarning murojaatlari o'rganilib, FHDY bo'limi tomonidan ish yurituviga olindi.
Adliya_kuni targ'iboti doirasida tuman FHDY bo'limi hamda DXM xodimlari birgalikda fuqarolarning hujjatlarini sayyor tartibda o'z egalariga yetkazib berishdi.