Yangiliklar
Hukumat qaroriga ko‘ra, bolalar 1-sinfga 7 yoshga to‘ladigan yilda, 20 iyundan 31 iyulgacha YaIDXP yoki XTVning elektron xizmatlar portali orqali yuborilgan ariza asosida qabul qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish tartibi ham belgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 06-iyuldagi “Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 364-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ўзбекистон Республикаси Прензимдентининг 2022 йил 29 июнь кунидаги “Маҳаллаларда ижтимоий хизматларни кўрсатиш ва ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларга ёрдам бериш тизимини янги босқичга кўтариш ҳамда хотин-қизларни касбга ўргатиш ишларини янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–300-сонли Қарорга кўра, 2022 йил 1 июлдан Маҳаллаларда комплекс ёндашув асосида ижтимоий хизматларни ташкил этиш тизими босқичма-босқич жорий қилинади.
Xalq deputatlari Nishon tuman kengashi sessiyasida tuman adliya bo‘limi hisoboti tinglandi. Sessiya ishida tuman sektor rahbarlari, tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas'ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son qaroriga (https://lex.uz/docs/-5947536) asosan “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish” xizmati ishga tushirildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Soliha" xizmat ko'rsatish belgisi egasining murojaatiga asosan uning mazkur belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi.
Shahrisabz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "Soliha" so'zidan huquq egasining ruxsatisiz mahalliy tadbirkor tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli G'uzor tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy hizmatchilari uchun “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi bo'yicha targ'ibot tashviqot tadbiri o'tkazildi.
“O‘zimiz_keldik” loyihasi doirasida Kitob tuman adliya bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Qashqadaryo Viloyat adliya boshqarmasiga viloyati "Toza hudud" DUKning 18 nafar xodimlari ish haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga ish haqlarini undirish haqida sud buyruqlari chiqarishni so‘rab jami 39 500 000 so‘mlik 18 ta arizalar kiritilgan.
Mazkur arizalar qanoatlantirilib, sud buyruqlari chiqarilgan va ijroga yo‘naltirilgan.