Янгиликлар
Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish ko'nikmalari o'qitildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 06-iyuldagi “Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 364-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Qashqadaryo viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida o'tkazilgan o'quv -seminarda ham Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tushuntirib o'tildi.
29-bandiga ko‘ra, “vakolatli organ ikki ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi. Malaka komissiyasi kotibi malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobi berilgan kunda malaka komissiyasining qarori loyihasini bayonnoma ko‘rinishida tayyorlaydi. Malaka komissiyasi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXTT orqali ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, tekshiradi hamda sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoxud asoslangan rad javobini beradi; 30-bandi Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishlari taqdim etilgan arizadan kelib chiqib, uning raisi tomonidan chaqiriladi. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bir ish kuni muddatida chaqiriladi, yig‘ilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi; 31-bandi Malaka komissiyasi qabul qilingan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror asosida mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini berish to‘g‘risidagi ma’lumotni QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlagan holda bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.