Янгиликлар
20
ADLIYA HISOBOTI
Xalq deputatlari Nishon tuman kengashi sessiyasida tuman adliya bo‘limi hisoboti tinglandi. Sessiya ishida tuman sektor rahbarlari, tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas'ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, davlat xizmatlari holati, fuqaro murojaatlari bilan ishlash borasida adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.