Yangiliklar
Dehqonobod tumani adliya bo'limi tomonidan tuman xalq ta'limiga qarashli 68-70 va 2-o'rta maktablar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentabr kunidagi "Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi 562-son qarori asosida o'rganib chiqilganda, 68-70-o'rta maktab va xorijiy tillar o'qituvchilarini rag'bat to'lov pullari berilmagani ma'lum bo'ldi.
Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda nafaqa to‘lovi tayinlanishi yuzasidan fuqarolarga uyma-uy yurgan holda tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Koson tuman adliya bo'limining ish yurituvida bo‘lgan fuqaro A.Akbarovning murojaati yuridik markaz xodimlarining bergan rad qarorlarini o'rganish jarayonida Koson tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 33-sonli umumta’lim maktabi direktorining amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda maktabda qorovul shtatida faoliyat bolib borayotgan fuqaro A.Akbarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ loyihasi "E-huquqshunos" platformasi orqali YXKM xodimlaridan ijobiy xulosa olinmasdan turib, yashirin ravishda joriy yilning 11-avgustida rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan “Viloyatdagi oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Farmoyishi imzolandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filiali hamkorlikda viloyatda mavjud 40 dan ortiq davlat tashkilotlarining 1000 nafardan ortiq xodimlarini qamrab olgan holda tashkilotlar kesimida O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etilmoqda.
Yakkabog' tumani adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentabrdagi 490-sonli “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumandagi 100 ta umumiy-o‘rta ta’lim maktablarida faoliyati o'rganilganda 120 nafar kutubxonachilarning jami 183 354 800 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to'lanmaganligi aniqlandi. Tekshirishlar jarayonida bo'lim tomonidan kutubxonachilarning ustama pullari undirilishi ta’minlandi. Shundan 34 ta murojaat yuzasidan 67 671 800 so‘m ustama sud tatibida undirildi.
Mirishkor va Shahrisabz tuman adliya bo'limlarii, Davlat xizmatlari markazi , tuman soliq inspeksiyasi hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikida "Qo'shqanot" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul va reyd tadbiri o'tkazildi.
Dehqonobod tumani adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-74-son qarori ijrosini ta'minlash va fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida tumaning "Istiqlol" va"Bo'ston" MFY larida yashovchi 18 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan farzandlar qarovchilarga 500 ming so'm moddiy nafaqa bo'yicha fuqarolar murojaatlari olinib, belgilangan tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilishiga yordam ko'rsatildi. Davlat xizmatlari markazi xulosalari olinib, ular yashab turgan xonadonlarga xodimlar tomonidan sayyor tarzda yetkazib berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida "GIORGIO ARMANI" xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
Китоб тумани Обиканда қишлоғида истиқомат қилувчи опа-сингиллар: 2006 йилда туғилган Дилноза Нурмаҳматова, 2005 йилда туғилган Гулзира Нурмаҳматова, 2009 йилда туғилган Наргиза Нурмаҳматовалар мактаб ўқувчиси. Онасининг шахсини тасдиқловчи ҳужжати, никоҳ гувоҳномаси бўлмаганлиги боис қизларнинг туғилганлик ҳақидаги гувоҳномаларини ўз вақтида ололмаган. Турмуш ташвишлари, эътиборсизлик билан бўлиб ота-онанинг фарзандларига ҳужжат олиши зарурлиги ҳам эсларидан чиқиб кетган, дея ёзмоқда Қашқадарё вилояти Адлия бўлими.