Янгиликлар
26
NOTARIUSLAR FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 23 dekabr kuni viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar ishtirokida navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022 yil II yarim yillikka mo'ljallangan ish rejasining 36-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida sudlar tomonidan 2022 yil davomida haqiqiy emas deb topilgan hamda bekor qilingan notarial harakatlar tahlil qilini, notariuslar ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, notariuslar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilishlari hamda kelgusida bunday holatlarga takroran yo'l qo'ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash yuzasidan viloyatdagi barcha tuman (shahar)da xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarga ko'rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, yig'ilishda joriy yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan muhokama qildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati