Янгиликлар
22
SIZ QAYERDA BO'LSANGIZ BIZ O'SHA YERGA BORIB XIZMAT QILAMIZ
Navbatdagi sayyor xizmatlar Kasbi tuman "Maymanoq" massivida bo'lib o'tdi.
Fuqarolarning uzog'ini yaqin va mushkulini oson qilish maqasadida tuman DXM va FHDY xodimlari mahallalarda sayyor xizmatlar tashkil etishmoqda.
Shu kuni DXM xodimlari tomonidan 110 ta fuqaro MOBIL ID dan ro'yxatdan o'tkazildi.
Bundan tashqari, FHDY xodimlari tomonidan X.Vafoqulov va A.Faxriddinovalarga tug'ilganlik guvohnomalari topshirilib, A.Jo'rayev va A.Uzoqovalarning nikohlari sayyor tartibda rasmiylashtirildi.
Xususan 40 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuncha berildi hamda Davlat xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar, qulayliklar to'g'risida bukletlar tarqatildi.