Янгиликлар
26
MIRISHKORLIK FUQAROLARGA 100 DAN ORTIQ DAVLAT XIZMARLARI SAYYOR TARTIBDA KO'RSATILDI
Mirishkor tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 30 chaqirim masofa bosib, tuman markaziga borishlariga toʻgʻri keladi. Tuman adliya bo'limi,tuman prokuraturasi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan qishloq aholisining uzogʻini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Qishloq aholisi bir qator yoʻnalishlar, jumladan, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha navbatga qoʻyish uchun ariza berish, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalandi.
Shuningdek, jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga hisobga olish, kadastr sohasidagi xizmatlar boʻyicha,tadbirkorlikni qayta ro'yxatdan o'tkazish,kadastr pasportini shakllantirish hamda MOBIL ID tizimidan ro'yxatdan o'tish kabi 100 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shu kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan 3 nafar bolaning tug'ilish guvohnomalari sayyor tartibda o'z egalariga topshirildi.