Янгиликлар
Yoshlar ishlari agentligida "E - HUQUQSHUNOS" elektron tizimidan foydalanish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-258-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli hamda 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari ham yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar ro‘yxatidan joy oldi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi S.Turapv hamda UNICON SOFT MCHJ xodimlari ishtirokida tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasida agentlikning tuman (shahar) bo‘limi mas’ul xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlari tushuntirib o‘tildi.
Shu bilan birga yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizom, Markazlarning asosiy vazifalari va funksiyalari, Markazlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, Markazlarning yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Seminar ishtirokchilari o'zlari qiziqtirgan barcha savollarga jabvoblar olishdi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati