Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan Qarshi shahridagi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasi mahbuslari o‘rtasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va Korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida targ'ibot tadbiri o`tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilikni oldini olish, firibgarlik hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 1- 3 - noyabr kunlari sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkaziladi.
Mazkur sayyor qabullar doirasida Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan:
- 1-noyabr soat 10:00 da Shahrisabz tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida: Shahrisabz shahar, Yakkabog', Chiroqchi, Kitob tumanlari aholisi uchun;
-2 - noyabr soat 10:00 da G'uzor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Qamashi , Dehqonobod, Ko'kdala va Nishon tumanlari aholisi uchun;
-3 - noyabr soat 10:00 da Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosida Koson, Muborak, Kasbi, Mirishkor va Qarshi tumanlari aholisi uchun.
Avval xabar berganimizdek, "Har bir uya bepul huquqiy yordam" aksiyasi doirasida Chorvador" MFY da sayyor qabuli tashkil etildi.
Bunda ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida nazoratda turgan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan muammolariga o‘z joyida yechim topildi.
“Chorvador” mahalla fuqarosi Raxmatillayeva Gulxayo 9 yilki nikoh guvohnomasi yo'q. U ayni paytda 2 farzandning onasi . Oilada e'tiborsizlik hamda masofa uzoqligi sababli vaqtida nikoh hujjatini tiklashda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, DXM xodimlari hamda notariuslar va advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkazilishi belgilangan edi.
Qashqadaryo viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan har haftada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni taqdimot qilish amaliyoti joriy etilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish boʻyicha DAVRA SUHBATI oʻtkazildi.
Davra suhabtida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zayniyev Farxod Nuritdinovich “Saylov organlari tizimini takomillashtirishning oʻziga xosligi” toʻgʻrisida tushunchalar berdi.
Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.
Yaqinda imkoniyat Qarshi tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.
Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.
oriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Notariuslar va Advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkaziladi.
SAYYOR QABUL DAVOMIDA:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganiladi;
Normativ va huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;
Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar va foydalanish tartibi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar beriladi;
Nikoh, tug‘ilish va o‘limni qayd etib, sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi;
DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi;
Notariuslar tomonidan sayyor tartibda notariat harakatlar amalga oshiriladi;
Advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Shuningdek sayyor qabulda "Mahalla yettiliga" ham bevosita ishtirok etadi.
Murojaat uchun: Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi boshlig‘i: B. Ochilov Tel: +998 99 568 42 03
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyatini doimiy kuzatib boruvchi “Situasion markaz” bilan tanishdi.
Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.