Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya vaziri “Situasion markaz” hamda yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri “Situasion markaz” hamda yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyatini doimiy kuzatib boruvchi “Situasion markaz” bilan tanishdi.

Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli doimiy nazorat qilib boriladi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov ta‘mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Adliya vaziri ta‘mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovasion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e‘tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarni berdi.