Янгиликлар
27
HURMATLI FUQAROLAR
oriy yilning 30-oktabrdan 4-noyabrgacha Ko‘kdala tumanining “CHORVADOR”, “TOSHLI”, “QANOTLI” mahallalarida “HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY YORDAM AKSIYASI” doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY organlari, Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Notariuslar va Advokatlar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor xizmatlar o'tkaziladi.
SAYYOR QABUL DAVOMIDA:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganiladi;
Normativ va huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;
Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar va foydalanish tartibi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar beriladi;
Nikoh, tug‘ilish va o‘limni qayd etib, sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi;
DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi;
Notariuslar tomonidan sayyor tartibda notariat harakatlar amalga oshiriladi;
Advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Shuningdek sayyor qabulda "Mahalla yettiliga" ham bevosita ishtirok etadi.
Murojaat uchun: Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi boshlig‘i: B. Ochilov Tel: +998 99 568 42 03