Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
Биласизми

Қонунчиликка кўра, жисмоний шахслар — туғилиш, ўлим қайд этилганлиги учун, уларга фарзандликка олинган, оталик белгиланган, жинси ўзгартирилган ҳолларида, шунингдек фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этиш чоғида йўл қўйилган хатолар муносабати билан туғилганлик тўғрисидаги ҳужжатлар ёзувлари ўзгартирилган, тўлдирилган ва тузатилган тақдирда гувоҳномалар берганлик учун давлат божи тўлашдан озод қилинган.

07
Hammualliflikda yaratilgan ijod namunasida mualliflik huquqi qanday taqsimlanadi?

Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.

05
QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI tomonidan Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Adliya boshqarmasi va  Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 4-noyabr kuni Ishga qabul qilish mono markazida  Vazirlar Mahkamasining  "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.

Mazkur semenarda Viloyatning Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, Statistika, Kadastr va Bandlik boshqarmalarining 130 nafardan ortiq  xodimlari ishtirok etishdi.

Boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov tomonidan ishtirokchilarga, odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

05
Davlat xizmatlari koʻrsatish takomillashmoqda

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida 702 ming 426 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Shundan davlat xizmatlari markazlari orqali 625 ming 201 ta, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 77 ming 225 ta xizmatlar koʻrsatilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 8229 ta kichik biznes subyektlari roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali jami 24 ming 330 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa, 3625 ta kichik biznes subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.


05
Sayyor xizmatlar

Bugun Shahrisabz shahar davlat xizmatlari markazi  tomonidan  Toshkent Kimiyo Texnologiyalari instituti Shahrisabz filialida  talaba va tyutorlar ishtirokida Mobile-ID tizimidan foydalanish bo'yicha targ'ibot ishlari hamda talabalarni ushbu tizimda ro'yxatdan o'tkazish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, elektron imzo qulayliklari va undan foydalanish bo'yicha master klass o'tib berildi.

Tadbir so`ngida 10 nafar talaba Mobile ID tizimdan ro'yxatdan o'tkazildi.

05
Sayyor xizmatlar

Kitob tuman DXM xodimlari va Adliya bo'limi xamda xokim yordamchilari ishtirokida tumandagi "Xalqlar do'stligi MFY xududida fuqaro va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabulda jami 31 ta fuqarolar ishtirok etib ularning 9 tasiga huquqiy tushunchalar berildi, 2ta fuqaroni farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasiga joylashtirish bo'yicha murojaati qabul qilindi va 3 ta fuqaroning murojaatlari tuman Aadliya bo'limi tomonidan ish yurituviga olindi.

05
Adliya targ'ibot

Kasbi tuman hokimligi binosida tuman adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorining mazmun-mohiyatini hamda Iste’molga yaroqsiz oziq-oqvat maxsulotlari, shu jumladan alkogol ichimliklarning ishlab chiqarilishi va muomilaga kiritilishini oldini olish maqsadida aholiga yetkazish uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

03
FUQARO NEGA 66 YOSHIDA TUG'ILGANLIK GUVOHNOMASINI OLDI?

Qarshi tumani, Shoyxo'ja mahalla fuqarolar yig'inida  yashovchi fuqarolarning uzog'ini yaqin qilish maqsadida Qarshi tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatib kelmoqdalar.

Bu gal tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi bilan hamkorlikda 66 yoshni qarshilagan Musayev Iso otaga  tug'ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Otaxon shu paytgacha tug'ilganlik haqidagi guvohnomasiz yashab kelayotgan edi.

U shu paytga davr harbiy guvohnoma bilan yashab kelayotganligi sabab, guvohnomaga ehtiyoj bo'lmagan. Otasidan qolgan ba'zi bir mol-mulklarni rasmiylashtirish jarayonida  otaxonning hujjatlarida kamchilik bo'lgani bois, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaga ehtiyoj sezadi va Qarshi tuman FHDY bo'limiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat o'z o'rnida ijobiy hal etildi.

03
Hamshira noqonuniy ishdan bo'shatildi

Qarshi shahar, 7-mitti tumanda yashovchi fuqaro U.Nuriyeva u o'zi ishlab kelayotgan  Qarshi temir yo'l shifoxonasidan noqonuniy bo'shatilganligi haqida viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, uni o‘z ish joyiga tiklashni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida adliya organlariga davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda yuzaga kelgan mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish vakolati berilgan.

03
Mahallabay ishlash tizimi

Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

Qarshi tuman FHDY bo'limi tomonidan ham mahallabay ishlash tizimi orqali fuqarolarning ko'p yillik muammolariga yechim topilmoqda. Joriy yilning 2-noyabr kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan mahallarda aniqlangan fuqaro murojaatlarini bartaraf etish maqsadida G'ubdin,Charag'il va Shoyxo'ja mahallasiga "O'zimiz kekdik" shiori ostida sayyor xizmatlar tashkil etildi.

Sayyor xizmatlar davomida 1956-yilda tug'ilgan Iso Musayevga 66 yoshida ilk bor hujjat taqdim etildi.Vaqtida olinmagan hujjat orqasidan ancha sarson bo'lgan fuqaro guvohnoma olishga qaror qildi. Shuningdek,1955 - yilda tavallud topgan Ro'ziboyev Tolibboy va fuqaro Shayra Muratovalarning 12 yillik nikohlari sayyor tartibda qonuniy ravishda qayd etildi.