Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

FUQARO NEGA 66 YOSHIDA TUG'ILGANLIK GUVOHNOMASINI OLDI?


Qarshi tumani, Shoyxo'ja mahalla fuqarolar yig'inida  yashovchi fuqarolarning uzog'ini yaqin qilish maqsadida Qarshi tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatib kelmoqdalar.

Bu gal tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi bilan hamkorlikda 66 yoshni qarshilagan Musayev Iso otaga  tug'ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Otaxon shu paytgacha tug'ilganlik haqidagi guvohnomasiz yashab kelayotgan edi.

U shu paytga davr harbiy guvohnoma bilan yashab kelayotganligi sabab, guvohnomaga ehtiyoj bo'lmagan. Otasidan qolgan ba'zi bir mol-mulklarni rasmiylashtirish jarayonida  otaxonning hujjatlarida kamchilik bo'lgani bois, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaga ehtiyoj sezadi va Qarshi tuman FHDY bo'limiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat o'z o'rnida ijobiy hal etildi.