Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Hamshira noqonuniy ishdan bo'shatildi


Qarshi shahar, 7-mitti tumanda yashovchi fuqaro U.Nuriyeva u o'zi ishlab kelayotgan  Qarshi temir yo'l shifoxonasidan noqonuniy bo'shatilganligi haqida viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, uni o‘z ish joyiga tiklashni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida adliya organlariga davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda yuzaga kelgan mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish vakolati berilgan.

Shunga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan  fuqaro U.Nuriyevaning manfaatini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilindi.

Adliya aralshgach, mazkur da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning murojaati qanoatlantirildi va fuqaro U.Nuriyeva o‘z ish joyiga tiklanishi ta’minlandi.


                              Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati