Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Mahallabay ishlash tizimi


Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

Qarshi tuman FHDY bo'limi tomonidan ham mahallabay ishlash tizimi orqali fuqarolarning ko'p yillik muammolariga yechim topilmoqda. Joriy yilning 2-noyabr kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan mahallarda aniqlangan fuqaro murojaatlarini bartaraf etish maqsadida G'ubdin,Charag'il va Shoyxo'ja mahallasiga "O'zimiz kekdik" shiori ostida sayyor xizmatlar tashkil etildi.

Sayyor xizmatlar davomida 1956-yilda tug'ilgan Iso Musayevga 66 yoshida ilk bor hujjat taqdim etildi.Vaqtida olinmagan hujjat orqasidan ancha sarson bo'lgan fuqaro guvohnoma olishga qaror qildi. Shuningdek,1955 - yilda tavallud topgan Ro'ziboyev Tolibboy va fuqaro Shayra Muratovalarning 12 yillik nikohlari sayyor tartibda qonuniy ravishda qayd etildi.