Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat xizmatlari koʻrsatish takomillashmoqda


Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida 702 ming 426 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
Shundan davlat xizmatlari markazlari orqali 625 ming 201 ta, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 77 ming 225 ta xizmatlar koʻrsatilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 8229 ta kichik biznes subyektlari roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali jami 24 ming 330 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa, 3625 ta kichik biznes subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Oʻlmas Barotov, OʻzA.