Янгиликлар
24
adliya xabari
#Sayyor_qabul
SHAHRISABZ SHAHRIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Shahrisabz shahri 2-son musiqa va san'at maktabida aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o'tkazildi.
Tadbirda 30 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etib, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda tizimni takomillashtirishga oid takliflarini bildirdilar.
Sayyor qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari tinglandi. Xususan, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etuvchi 6 ta murojaat esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.