Янгиликлар
10
Qashqadaryo viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 13529 nafarga yetdi.
Qashqadaryo viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 13529 nafarga yetdi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada jami 1 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.