Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya xabari


#adliya_yoshlar

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan S. Nuriyev ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi, xizmat faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, ularning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. S. Nuriyev yoshlarning adliya tizimidagi o‘rni, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mas’uliyatli va halol xizmat qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yosh xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar malakali, tashabbuskor va fidoyi yosh kadrlarni tarbiyalash hamda ularning kasbiy kamolotini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.