Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya xabari


Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyatida muhim ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda.

❗️Mazkur qarorga muvofiq, Qarshi shahri “Amir Temur” MFY hududidagi 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, yangi bino qurildi hamda quvvati 300 o‘ringa yetkazildi.

❗️Shuningdek, Qarshi tumani “Mustaqillik” MFY hududida zamonaviy talablarga javob beradigan 150 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etildi.

❗️Mazkur loyihalar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, ular uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.